UrDU

Menyu 6

a Asosiy bet
a Raxbariyat
a Professor o'qituvchilar
a Iqtidorli talabalar
a Talabalar oromgohi
a Ilmiy taqdiqot ishlari
a Foto galereya
BIZNING UNIVERSITETDA IQTIDORLI TALABALARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR VA YOZGI TIL O`RGANISH ORAMGOHI.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tamonidan lutf etilgan: лKuch bilim va tafakkurda ╗, degan xikmat bugun va ertangi kun uchun aytilgandir. Negaki dunyoning bugungi rivoji, mavqei shundaki, xal qiluvchi omil xarbiy qudratda emas, balki intelektual saloxiyatda, fikrda,aqlda,ilgor texnologiyadadir. Shu maqsadda bizning Urganch Davlat Universitetida xam keng ko`lamda ishlar olib borilmoqda. I. Iqtidorli va isteТdodli talabalar bilan ishlash. Shulardan biri iqtidorli va isteТdodli talabalarni tanlab, ajratib olish maqsadida 1998 yil 16 fevralda qabul qilingan Universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash to`g`risidagi nizomdir.Unga muvofiq UrDU da xar yili fakul`tet dekanlarining tavsiyasiga asosan iktidorli talabalar tanlab olinadi va ular VI guruxga (1 nemis, 1 fransuz,4 ingliz) bo`linib o`z bilimlarini yanada chuqirroq oshiradilar. TaТlimdan maqsad shuki talabalarga o`z mutaxasisligi bilan birgalikda chet tillarni puxta egallashlariga kengroq sharoit yaratishdir.Talabalarni bilim doiralarini kengaytirish va oshirish, ularni yanada ko`proq o`qib izlanishlariga undash maqsadida ingliz ,fransuz, nemis tillari, informatika, O`zbekiston tarixi va milliy istiqlol g`oyasi kabi fanlar chuqirroq o`qitilib kelinada. Talabalar o`qib, ilm olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, informatika fanidan olgan saboklarini amaliyotda joriy qilish uchun kompyuter texnikalaridan foydalanib kelmoqdalar. Qolaversa, talabalarning to`la-to`kis taТlim olishlariga ko`maklashish maqsadida, universitetimizning malakali professor o`qituvchilari jalb qilingan bo`lib talabalarga ingliz tilidan Masharipova F, Norboyev U, Kurbonniyozov R, Ruzimboyev B, fransuz tilidan Otayeva Z, nemis tilidan Otamurodova N, informatika fanidan Matlatipov G`, O`zbekiston tarixi va maТnaviyat asoslari va fanidan Tangirova X. kabi chet ellarda AQSh,Germaniya,Bolgariya,Xitoy,Angliya da malakali oshirib kelgan tajribali professor o`qituvchilari saboq berib bormoqdalar. Talabalar xaftaning chorshanba va shanba kunlari oqz ilmiy raxbarlari bilan birga ilmiy ishlari ustida tadqiqod ishlarini olib bormoqdalar.

II. Iqtidorli yoshlarning xalqaro ko`rik tanlovlardagi ishtiroki va natijalari. Bundan tashkari talabalar xalkaro ko`rik tanlovlarga xam qatnashib kelmoqdalar. Jumladan лIREX╗ (IATP) dasturining Ugrad dasturida qatnashmoqdalar.Bu kabi xalqaro dasturlarda Universitetimizning Jahon tillari, Iqtisod, Tarix va huquq, Filologiya, Fizika- matimatika , kabi fakultetlar talabalari faol ishtirok etib kelmoqdalar .Nemis tili yunalishidagi dasturlardan лDAAD╗ dasturida xam talabalarimiz ishtiroki eТtiborga loyiq. Xozirda talabalar лBritish council╗ ning лBritish chevening schoolarship╗ dasturi buyicha xam application yozyaptilar. Iktidorli yoshlarimizdan Iqtisod fakulteti talabalari Jumaniyozov Umrbek, Saidov Dilshodlar YEAS лACCEIS╗ kutubxonasi aТzoligiga tanlov asosida qabul qilindilar. Bundan tashkari iqtidorli talabalar bir qancha anjumanlarda shoir va yozuvchilarning ijodiy kechalarida , oliy o`quv yurtlari o`rtasida o`tkazilayotgan fan olimpiyadalarida muvofaqqiyatli ishtirok etib kelmokdalar. Iktidorli talabalar orasida O`zbekiskiston Respublikasi Davlati stipendiyalarini qulga kiritganlari xam bor: Jumladan tarix va huquq faku`ltuti 4-kurs talabasi Tojiyeva Feruza лNavoiy╗ nomidagi davlat stipendiyati, Tabiatshunoslik fakulteti 4-kurs talabasi Abdullayeva Farida л Ulugbek╗ nomli davlat stipendiyati, Kimyo-texnologiya fakulteti 4-kurs talabasi Masharipova Zamira л Abu-Rayxon Beruniy ╗ nomli davlat stidendiyati bo`lishdi.Yaqinda Toshkentda bo`lib o`tgan 16 ta jamoa qatnashgan УZAKOVATФ tele o`yinida universitetimiz jamoasi qatnashib faxrli ikkinch o`rinni olib qaytishdi bunda albatta iqtidorli talabalarimizni xissalari juda katta. III. Iqtidorli yoshlar uchun tashkil kilingan klublar. Universitet iqtidorli talabalari uchun лDebate club╗ tashkil qilingan bo`lib, klub nomi лIntellestual youth╗ yaТni intellektual yoshlar deb ataladi. Ushbu klubda talabalar o`zlari uchun muxim va yangi maТlumotlar olishadi. Xar xaftaning juma kuni debate tashkil qiligan bo`lib, unda talabalar qo`yilgan masalalar yuzasidan uz tankidiy fikr-muloxazalarini bildirishadi.Bu klubda iqtidorli talabalar uz ilmiy ishlarini klub aТzolari muxokamasiga ko`yadi va uz ilmiy ishini axamiyati maqsadi, rivoji,imkoniyatlari,xayotga tadbik qilinganda uning samaradorligi aniq ko`rsatib berishi lozim.DEBATE talabalar o`rtasida baxs munozara tortishuvlar taklif va muloxazalarga boy tarzda o`tishi bilan ajralib turadi .

Iqdidorli talabalar bepul taТlimdan tashqari,yana uni raxbatlantirish maqsadida bir qancha imtiyozlar xam belgilangan.Jumladan xar bir iqtidorla talabaga o`z stipendiyasidan tashkari bitta oddiy stipendiya qushib beriladi.Universitet kutubxonasi va internetdan kerakli maТlumotlarni olish uchun muntazam ravishda foydalanishga ruxsat beriladi.Bundan tashkari xar yili yozda iqtidorli talabalarning til urganishlari va sogligini tiklab olishlari uchun Universitet iqtidorli talabalar oromgoxini faoliyati talabalarning yetuk va barkamol bulib o`sishlarida katta axamiyatga ega xisoblanadi. Universitetda tashkil kilingan barcha imkoniyat va sharoitlar talabalarimizni xar tomonlama qullab-quvvatlashga qaratilgan.

Universitetda talaba-yoshlar shaxsni ijodiy rivojlantirishda individual yondashuvlar muxim o`rin tutadi. Xar bir talabaning mayl-iqtidori, qiziqishlarini imkon qadar inobatga olish, qiziquvchan talabalarga yordam berish borasida ijodiy topshiriklar, ishlab chiqish, kasbga bulgan ishtiyok, uni egallash, sanТatini eТtiborga olish, ularni shakllantirish sharoitlarini yaratish yuzasidan ibratli ishlar bajarilib kelinmokda. Universitetimizda iqtidorli talabalar tanlash, ularga chet tilini, informatikani chuqur urganish, ilmiy tadqiqot ishlarida faol qatnashishni taminlash maqsadida qator imtiyozlar xam bor. лUniversitetning iqtidorli talabasi╗ nomi taТsis etilgan bulib, bu tanlovda universitetning barcha fakul`tet talabalari ishtirok etish huquqiga ega. Talaba Ц yoshlar ikki bosqich imtixonlarida muvoffaqiyatli qtishlari kerak bo`ladi. Birinchi bosqich imtixoni iyun oyida bulib utadi. Imtixonni yashxi topshirgan talaba yozgi til urganish ormoxonida dam olish huquqiga ega bo`ladi. Oromgox universitet talabalari sanatoriy - prafilaktoriysida bo`lib o`tadi. Oromxonda talaba - yoshlar chet tili va informatikani chuqur o`rganish bilan birga xar xil tadbirlarda, tanlovlarda ishtirok etadilar. Bu tadbirlar лKamolot╗ yoshlar ijtimoiy xarakati tomonidan tashkil qilinadi. лOromgox malikasi╗, лOromgox jentelmeni╗, лZakovot╗ bilimdonlar tanlovi shular jumlasidandir. Talabalarga oromgoxda 4 maxal bemul ovqat beriladi. Darslar 13:00 gacha bo`ladi, undan so`ng uz ustida mustakil ishlaydilar. Soat 19:00 dan so`ng esa xar xil tanlovlar uyushtiriladi. Yozgi til urganish oromgoxi 20 kun davom etadi. birinchi bosqichdan o`tgan talaba oromgoxda ishtirok etmasa ikkichi boskich imtixoniga kiritilmaydi. Ikkinchi bosqich imtixoni sentyabr oyida bo`lib o`tadi. Ikkinchi bosqich imtixonida muvaffakiyatli utgan 50 nafar talabalarga xar oyda 1 dan kushimcha stipendiya belgilanadi, chet tili va informatika shuningdek manaviyat asoslari fanlarini chuqur o`rganadilar. лUniversitet iqtidorli talabasi╗ tanlovi universitetimizda anТanaga aylangan. Natijada iktidorli talabalarimiz erishayotgan yutuqlar yildan yilga yaxshilanib bormoqda. 7 ta talabamiz Prezident stipendiyasiga sovrindori bulishdi. Xozirgi kunda 9 ta iqtidorli talabamiz Germaniya, Shivetsiya va Chexiya universitetlarida magistratura va aspiranturada o`qishmoqda. Shuningdek, iqtidorli talaba - yoshlar universitetda bo`lib o`tadigan ilmiy anjumanlarda, konfirensiyalarda xam uz maТruzalari bilan ishtiroq etib kelmoqdalar. Bu kabi ibratli ishlar kelgusida xam davom etadi.

Fikr va muloxazalar uchun Elektron manzilimiz:

urdu_iqtidorli@yahoo.com
jasurshox@yahoo.com
jasurshox@mail.ru

Bizning rasmlar
Сайт управляется системой uCoz